Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikadagi shahar do‘l natijasida 1 metrlik muz ostida qoldi (foto)

Meksikadagi shahar do‘l natijasida 1 metrlik muz ostida qoldi (foto)

Foto: «Reuters»

Meksikaning Gvadalaxara shahrida 30 iyun kuni kuchli do‘l yog‘ib o‘tdi. Natijada shahar qalin muz bilan qoplangan.

Xabar qilinishicha, ba’zi joylarda muzning qalinligi bir metrdan oshadi. Yo‘llar muz bilan qoplanib, harakat cheklanib qolgan. Ba’zi avtomobillar deyarli to‘liq muz ostida qolgan. Bir qator binolar qulab tushgani aytilmoqda.

Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Shaharni tozalash uchun harbiylar, fuqaro mudofaasi xizmatchilari va mahalliy hokimiyat vakillari safarbar etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring