Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada nemischa avtoraqamlar urfga kiryapti

Meksikada nemischa avtoraqamlar urfga kiryapti

Foto: «T-Online»

«T-Online» xabar berishicha, Meksikada, haydovchilar tashqi ko‘rinishi haqiqiy Germaniya mashinalarinikiga o‘xshash avtomobil davlat belgilarini sotib olishlari mumkin.

Meksikada sotilayotgan nemischa dizayndagi raqamlarda ham mamlakat nomini anglatuvchi D harfi, burgut (Germaniya gerbidagi) va Yevropa ittifoqi bayrog‘i bor. Shaxsiy xohishga qarab avtomobil rusumi logotipi qo‘shimcha qilinadi. Bular uchun 130 peso (5,8 yevro) to‘lansa bas.

Qolaversa, meksikaliklarga ispan va yapon avtomobil raqamlari ham taklif etilmoqda. Biroq nemischa raqamlarga talab eng yuqori. Chunki meksikaliklar Germaniyada ishlab chiqarilgan narsalar haqiqiy sifatga egaligiga ishonishadi.

Meksikada kuniga o‘rtacha 2 mingtagacha nemischa avtoraqam sotilmoqda. Avtomobil belgilarining kreativ dizayni mamlakatga shimoldan — AQShdan kirib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring