Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marmar koniga niqob taqqan bosqinchi kirdi

Marmar koniga niqob taqqan bosqinchi kirdi

Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 23:00 larda noma’lum shaxs yuziga qora rangli niqob kiygan holda, Navoiy viloyati, Tomdi tumani hududida faoliyat olib borayotgan qo‘shma korxonaning marmar koni qorovulxonasiga bostirib kiradi.

Bosqinchi korxona qorovuli, 55 yoshli R.U.ga hujum qilib, uning yuz qismiga urib, qo‘llarini arqon bilan bog‘lab, korxona omborxonasi qulfini buzish yo‘li bilan ochib, umumiy qiymati 4.000.000 so‘mlik 35 millimetr diametrli, uzunligi 50 metr bo‘lgan mis kabellarini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida mazkur jinoyatni Yangi Zarafshon MFYda yashovchi, tumanda joylashgan o‘rta maktablarning birida qorovul bo‘lib ishlovchi 30 yoshli K.A. yuziga niqob kiygan holda davlat raqam belgisi bo‘lmagan «Ural» rusumli mototsiklida korxonaning hududiga kelib, mazkur jinoyatni sodir qilganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring