Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursini keskin ko‘tardi

Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursini keskin ko‘tardi

Foto: Xabar.uz

Kuni kecha tijorat banklarida AQSh dollari kursi keskin ko‘tarilib ketgani va sotib olish 10 050 so‘m, sotish 10 150 so‘m qilib belgilay boshlagani xabar qilingan edi. Bugun Markaziy bank tomonidan rasmiy kurs ham e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollarining Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kursi ertaga, 16 apreldan 10121 so‘mni tashkil etadi. Shu tariqa kurs 427,64 so‘mga oshdi.

Shuningdek yevroning kursi ham 512,16 so‘mga ko‘tarilib, 11 111,85 so‘mni tashkil etmoqda. Rubl kursi esa 7,26 so‘mga oshgan va 138,62 so‘mdan iborat bo‘lib turibdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring