Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhamatda 3 qavatli oshxona yonib ketdi

Marhamatda 3 qavatli oshxona yonib ketdi

Bugun, 17 iyun kuni ertalab Andijon viloyati Marhamat tumani «O‘zbekiston» MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan «Beshbola» umumiy ovqatlanish oshxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:56 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:08 da qurshab olingan va soat 07:58 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 3 qavat oshxonaning taxminan 250 kv.m. maydonda tom, shift va ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring