Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatlarda kishi boshiga nechtadan avtomobil to‘g‘ri keladi?

Mamlakatlarda kishi boshiga nechtadan avtomobil to‘g‘ri keladi?

Foto: «V Reytinge»

Avtomobillarni hisoblash bo‘yicha bir nechta reyting olib boriladi. Bu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu davlatning bu reytingga kirishida o‘sha davlatning mazkur sohadagi ma’lumotlari qay darajada ochiqligi, muntazam yangilanib borishi juda muhim. So‘nggi yillarda (2007 — 2017) olib borilgan statistikaga ko‘ra dunyoda har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni quyidagicha bo‘lgan:

  1. Monako (908);
  2. AQSh (802);
  3. Lixtenshteyn (796);
  4. Islandiya (746);
  5. Malta (743);
  6. Lyuksemburg (739);
  7. Avstraliya (730);
  8. Qatar (724);
  9. Yangi Zelandiya (718);
  10. Bruney (696).

Rossiya oxirgi marta 2015-yilda 293 ta avtomobil bilan 52-o‘rinni egallagan. Qozog‘iston 217 avtosi bilan 63-o‘rinni, 211 avtomobilli Qirg‘iziston 64-o‘rinni, Turkmaniston 106 avtomobili bilan 102-o‘rinni, Tojikiston 38 ta mashina bilan 133-o‘rinni band etgan.

Ana endi ko‘pchilikni qiziqtirgan joyiga keldik. Xo‘sh, O‘zbekiston-chi, bu reytingda davlatimiz nechanchi o‘rinni egallagan? Bu boradagi bir nechta reytingni o‘rganishimizga qaramay, ulardan O‘zbekistonni topolmadik. Ya’ni O‘zbekistonda har ming kishiga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishi va bu borada dunyoda nechanchi o‘rinda turishimiz ochiq manbalarda oshkor etilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring