Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron Shengen hududini qisqartirishni taklif qildi

Makron Shengen hududini qisqartirishni taklif qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shengen shartnomasini qayta ko‘rib chiqish va undan bir qator davlatlarni chiqarib tashlash lozimligi haqida bayonot berdi.

«Men ochiq vatanparvarlikka va xalqaro maydonda yorqin turgan Fransiyaga ishonaman. Ammo boshqalarga ochiq bo‘lish uchun avvalo chegaraga ega bo‘lish lozim. Mehmon kutish uchun avvalo uying bo‘lishi kerak. Aytmoqchimanki, bizga chegara kerak, qoida kerak», — deydi Makron.

Fransiya prezidenti shuningdek Shengen shartnomasi avvalgidek naf keltirmay qo‘ygani, hamma narsa o‘ylangani singari ishlamayotganini ham aytib o‘tgan. Shu bilan birga Makron rivojlanish va migratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi. U Shengen shartnomasini qayta ko‘rib chiqish asnosida Yevropani o‘z chegarasini himoya qilishga chaqirgan.

Makron shu bilan birga yangi qoidalarni tan olishni istamaydigan davlatlar Shengen hududidan chiqarib yuborilishini ham istisno etmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring