Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Litvada «bolalar shampanskiysi» taqiqlandi

Litvada «bolalar shampanskiysi» taqiqlandi

Foto: «Sputnik.lt»

1 noyabrdan Litvada alkogolli mahsulotlarga taqlid qiluvchi bolalar ichimliklarini sotish taqiqlanishi qonunan kuchga kirdi, deb xabar berdi «REGNUM». Birinchi navbatda, bu «bolalar shampanskiysi» — gazlangan vino idishi shaklidagi limonadlarga taalluqli.

Mazkur qonun loyihasi Litva Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan 2019-yil iyunda qabul qilingandi. Biroq ishlab chiqaruvchilar tayyor mahsulotlarini sotishga ulgurishi uchun uning kuchga kirishi keyinga qoldirib turilgandi. Taqiqning asosiy sababi, vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, «bolalar shampanskiysi» erta yoshdan bolalarni bayramlar alkogolsiz o‘tmasligiga ruhan o‘rgatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring