Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lenin Moreno: «O‘lganlarni odamdek ko‘mishni istaymiz»

Lenin Moreno: «O‘lganlarni odamdek ko‘mishni istaymiz»

Lenin Moreno.

Foto: «Reuters»

Ekvador koronavirus qurbonlarini dafn etishda muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatdagi koronavirus o‘chog‘i — Guyakil shahrida o‘lganlarning ayrimlari uylarida, hatto ko‘chalarda qolib ketyapti.

Mamlakat prezidenti Lenin Moreno bu muammolarni sog‘liqni saqlash tizimidagi inqiroz bilan bog‘lab, ayrim mamlakatlardagiga o‘xshab ommaviy ko‘mishlarni emas, har bir qurbon munosib dafn etilishini istashini ta’kidlab o‘tdi.

N-TV yozishicha, Ekvador — koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan Janubiy Amerika mamlakatlaridan biri. Shu paytgacha 26 ming kishida kasallik aniqlanib, 1 ming nafardan ziyodi vafot etgan. Mamlakat hukumati koronavirusga qarshi kurashishga politsiya va armiyani ham jalb etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring