Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviyada 2 ayol yashin urishi tufayli jarohatlandi

Latviyada 2 ayol yashin urishi tufayli jarohatlandi

Latviyada 2 nafar ayol yashin urishidan jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «RIA Novosti» Latviya shoshilinch tibbiy yordam xizmati vakili Ilze Bukshaning ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.

«Ikki ayol chaqmoq chaqayotgan paytda pana joyga o‘tgan. Tomi metall bilan yopilgan joyda ularni yashin urgan», – deydi Buksha.

Jabrlanganlardan biri 67 yoshli kampir bo‘lib, u boshidan jarohat olgan, qo‘li va boshqa a’zolari kuygan. Ikkinchisi esa 61 yoshli kampir bo‘lib, uning oyog‘i kuygan. Shu bilan birga, u nafas olishda qiynalayotganidan va a’zolarida sanchish borligidan shikoyat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring