Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kosmonavtika kuni arafasida ilk tijoriy «Falcon Heavy» uchirildi

Kosmonavtika kuni arafasida ilk tijoriy «Falcon Heavy» uchirildi

Foto: «Twitter»

Kanaveral (AQSh)da 11-aprel kuni «Falcon Heavy» raketasi uchirildi, deb xabar bermoqda «SpaceX». Parvozdan so‘ng oradan 7 daqiqa o‘tib yon tezlatuvchilar, yana ikki daqiqadan keyin esa birinchi bosqichning markaziy bloki yerga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi. Kompaniya ma’lum qilishicha, har ikki uchoq ilk marotaba birgalikda muvaffaqiyatli qo‘ndirilmoqda.

Bu raketa-tashuvchining tijoriy buyurtma bo‘yicha ilk, tarixan esa ikkinchi parvozi.

Ushbu raketa Saudiya Arabistonining «Arabsat 6A» aloqa yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqadi. Yo‘ldosh Yaqin Sharq, shuningdek, Afrika va Yevropa mamlakatlari uchun televizion va telefon signallar uzatib, internet bilan ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring