Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron koinotga yangi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Eron koinotga yangi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Kecha, 27 sentyabr kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (Eron maxsus kuchlari) Aerokosmik kuchlari yanada ilg‘or josuslik vositalari bilan ta’minlangan sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli tarzda koinotga uchirdi. Bu haqda REUTERS agentligi xabar bermoqda.

Eron aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Issa Zarepurning ta’kidlashicha, «Noor-3» foto sun’iy yo‘ldoshi Eronning «Qased» raketasi yordamida Yerdan 450 kilometr uzoqlikdagi orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqilgan.

Inqilob gvardiyasi qo‘mondoni Husayn Salami davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida, yangi sun’iy yo‘ldosh o‘zidan oldingilariga qaraganda aniqroq tasvirlar taqdim etishini, bu esa maxsus kuchlarga yaxshiroq va aniqroq razvedka olib borish imkonini berishini aytdi.

Avvalroq, Eron hukumati matbuot kotibi Ali Bahodoriy Jahromiy Eron sakkiz yil ichida kosmik kemalarni uchirish va boshqa kosmik xizmatlarni ko‘rsatish sohasida mintaqaviy markazga aylanish niyatida ekanini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring