Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish uchun 2 mln. dollar sarmoya kiritadi

Koreya O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish uchun 2 mln. dollar sarmoya kiritadi

17 dekabr kuni Koreya Respublikasining Sedjong shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizligi Vazirligi o‘rtasida Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlikdagi Markaz ochilishiga oid Kelishuv imzolandi.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, Koreya tomoni O‘zbekiston Respublikasining elektron hukumatini rivojlantirish uchun 2 million dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatadi.

Koreya tomoni elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi uchta yuqori malakali xodimlarni, Markazda 3 yil davomida doimiy ravishda ishlash uchun yuboradigan bo‘ldi. Toshkentda Markazning rasmiy ochilish marosimi 2020 yil yanvar oyi oxiriga rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur markaz Koreya tajribasiga asoslanib, O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ekspert sifatida qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari, 18 dekabr kuni Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligida diplomatik vakolatxonalar uchun Koreyaning raqamli hukumati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Agentlik direktori o‘rinbosari Pak Vyacheslav boshchiligidagi agentlik delegatsiyasi faxriy mehmonlar sifatida ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat idoralari va xususiy kompaniyalar vakillaridan tashqari, Ozarbayjon, Belarusiya, Tunis, Turkiya va boshqa mamlakatlarning Favqulodda va Muxtor elchilari, shuningdek 20 dan ortiq diplomatik vakolatxonalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi diplomatlari ishtirok etishdi.

Sessiya ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular Koreyaning elektron hukumat dasturlari va elektron hukumatning xalqaro hamkorlik dasturlari bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. Jumladan, uzluksiz ta’lim kurslari va hamkorlik shakllari namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan spiker sifatida Agentlik qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktorining maslahatchisi Ruslan Sultanov ishtirok etdi.

Chiqish davomida koreyalik sheriklar bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va O‘zbekistonda EH sohasida amalga oshirilgan ishlar qayd etildi, shuningdek, Toshkentda Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy markaz bir oydan so‘ng ochilishi to‘g‘risida qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi harakatlar masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring