Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: «Haj – 2025» mavsumi 13-may kunidan boshlanadi

Rasman: «Haj – 2025» mavsumi 13-may kunidan boshlanadi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi shu yil 13-maydan boshlanadi. 28-mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabariga ko‘ra, ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.

Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha:

  • Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
  • Emlash ishlari olib borildi;
  • Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
  • Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
  • Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga «Haj – buyuk ibodatdir» qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagichlar taqdim etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring