Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koloradolik olimlar eruvchan elektron terini yaratdi

Koloradolik olimlar eruvchan elektron terini yaratdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Muhandislar jarohat yetgan terini qayta tiklanishida yordam beribgina qolmay, maxsus suyuqlikda erib ketadigan egiluvchan elektron terini yaratdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Olimlarning fikricha, qurilmani qayta ishlash nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham samaralidir.

Elektron teri — inson terisining mexanik xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan yupqa materialdir. Bir tomondan mazkur qurilma orqali odam organizmidagi fiziologik ko‘rsatgichlarni kuzatish mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan tana imkoniyatini kengaytirish mumkin. Bugungi kunda ko‘plab laboratoriyalar teribop elektronikani yaratish ustida ishlamoqda, biroq ular to‘liq qayta ishlash jarayonini hisobga olishmagan. Bu esa kelajakda chiqindilarning ortishiga olib kelishi va ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Chjanan Szo boshchiligidagi Kolorado universiteti muhandislari «davolash» mumkin bo‘lgan elektron terini yaratdi. Ixtiro asosida poliimin nomli material yotadi. U bosim, harorat, namlik va havo sarfini o‘lchashda ishlatiladigan datchiklarni yaratishda ishlatilgan. Bundan tashqari sensorlar elektr o‘tkazuvchanligi va qo‘shimcha mexanik kuchga ega bo‘lgan kumush nanozarralarni o‘z ichiga oladi.

Agarda datchik buzilsa, zarar yetgan joyga poliimin surtish kerak. Xona haroratida esa «davolash» yarim soatni, 80 daraja Selsiygacha qizdirilganida esa 10 daqiqada tayyor bo‘ladi. Shundan so‘ng, ikki tomon orasidagi kimyoviy aloqalar tiklanadi va sensor normal rejimda ishlashda davom etadi.

Elektron terini qo‘lda ko‘tarib yurish juda oson. Shu bilan birga Szo hamda uning hamkasblari ushbu teridan robototexnika va tibbiyotda foydalanishni rejalashtirgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring