Ko‘kdala hokimi gaz balloni portlashidan jabrlanganlarga moddiy yordam ajratdi
Bir muddat oldin Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan Navro‘z saylida gaz balloni portlab ketgani va ko‘plab kishilarning tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Tuman hokimining 20-martdagi tegishli qarori bilan Ko‘kdala tumani «To‘qmor» mahallasida yashovchi gaz balloni portlashidan jabrlangan 26 nafar fuqaroga moddiy yordam beriladi.
«Tuman mahalliy budjetining 2024-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ushbu fuqarolar holidan xabar olish va moddiy yordam uchun 62 mln so‘m mablag‘ ajratilsin», – deyiladi hokim qarorida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter