Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kesilmasligi ogohlantirilgan daraxtlar baribir yo‘q qilindi (video)

Kesilmasligi ogohlantirilgan daraxtlar baribir yo‘q qilindi (video)

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Yangi zamon bino" MChJ tomonidan qurilish ishlari uchun tanlangan hududda ekilgan barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, kesilmasligi ogohlantirilgan edi.

Ammo Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, quruvchilar davlat xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmay, ko‘plab daraxtlarni noqonuniy kesib, ildizi bilan qo‘porib, yo‘q qilishgan va ziyon yetkazishgan.

Aniqlangan mazkur qonunbuzarlik bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring