Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalistlar sud majlislarida cheklovsiz ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi

Jurnalistlar sud majlislarida cheklovsiz ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida «Sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipini ta’minlashda OAVning o‘rni va roli» videokonferensiyasi bo‘lib o‘tgani saytimizda xabar qilingan edi. Deputat Rasul Kusherbayev ochiq sud majlislarida OAV vakillarining ishtiroki borasida ish olib borilayotganidan rozilik hissi borligini ma’lum qilib o‘tdi.

«Bugun Oliy sud raisi Qozimjon Komilov bilan bo‘lgan uchrashuvda sudlarda ochiqlikni ta’minlash va ochiq sud majlislarida jurnalistlarning cheklovsiz, audio video yozuvlarni qayd etuvchi uskunalardan foydalangan holda ishtirok etishini ta’minlash masalasida barcha sudlarga tushuntirish berish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinishiga kelishildi. Bu Oliy sud plenumining maxsus qarori yoki jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan alohida qo‘shma qaror tarzida bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham jurnalistlar endi sud’yalarning shunchaki hoxlamagani uchun ochiq sudda qatnashmaslik yoki uskuna yordamida yozib olmaslik kabi holatlarga umuman duch kelishmasligiga umid kattalashib borayapti.

Darvoqe, Oliy sud jurnalistlar bilan yaqindan ishlash uchun Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan memorandim imzolash va ma’lum kunlarda doimiy tarzda jurnalistlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etish istagi borligini ham ma’lum qildi.

Sud tizimidagi bo‘layotgan o‘zgarishlardan rozilik hissi kuchayib borayapti shaxsan o‘zimda. Bu his bardavom bo‘lsin ishqilib», — deya ijobiy fikr bildiradi deputat.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring