Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Juda baland bo‘yli sohibjamollar

Juda baland bo‘yli sohibjamollar

Foto: woman’s day

Bo‘yingiz balandligidan uyalasizmi? Unda tanlovimiz sizga atalgan. E’tiboringizga uzun bo‘yidan aslo uyalmaydigan, aksincha, baland poshnali poyabzallar kiyib qomatini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtiradigan mashhurlar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Eng baland bo‘yli aktrisalar orasida mutlaq birinchilik «Taxtlar o‘yini» yulduzi Gvendolin Kristiga nasib etdi. Uning bo‘yi naq 190 sm.ni tashkil etadi! Gvendolin, aftidan, bundan o‘zi ham xursand: u baland poshnali tuflilarda qaddini adl tutib yurishni yoqtiradi.

Shuningdek, eng baland bo‘yli yulduzlar sirasiga supermodel Karli Kloss va sportchi Mariya Sharapova ham kiritilgan. Ularning bo‘yi — 188 sm.

O‘zining 182-183 sm bo‘yi bilan aktrisalar Bruk Shilds va Sigurni Uiver ham faxrlanishadi. Ro‘yxatdan yana bo‘yi 180 sm keladigan Uma Turman, Teylor Svift, Ravshana Kurkova, Jizel Byundxen, Nikol Kidman, Mishel Obama, Yekaterina Varnava va Olga Buzova kabi sohibjamollar ham o‘rin olishgan.

Modellar Irina Sheyk, Viktoriya Lopireva va Oksana Fedorova, shuningdek, aktrisa Juliya Roberts, Sharliz Teron va Liv Taylerning bo‘ylari sal pastroq — 177-178 sm. Darvoqe, malika Diananing bo‘yi ham xuddi shuncha bo‘lgan.

Keyt Middlton, Yuliya Visotskaya, Sindi Kroufordning bo‘yi bor-yo‘g‘i 175 sm. Shunga qaramay, ular ekran va rasmda unchalik baland ko‘rinishmaydi. Ehtimol, bu ularning turmush o‘rtoqlari ham baland bo‘yli ekani bilan bog‘liqdir.

175 sm.dan baland yulduzlarning to‘liq ro‘yxati bilan galereyamizda tanishishingiz mumkin!

Gvendolin Kristi, aktrisa, 190 sm


Mariya Sharapova, tennischi, 188 sm


Karli Kloss, model, 188 sm


Bruk Shilds, aktrisa, 183 sm


Sigurni Uiver, aktrisa, 182 sm


El Makferson, model, 182 sm


Yekaterina Varnava, aktrisa, 181 sm


Yeva Gersigova, model, 180 sm


Jizel Bundxen, model, 180 sm


Ivanka Tramp, tadbirkor, 180 sm


Melaniya Tramp, fotomodel, 180 sm


Nikol Kidman, aktrisa, 180 sm


Olga Buzova, boshlovchi, 180 sm


Mishel Obama, advokat, 180 sm


Ravshana Kurkova, aktrisa, 180 sm


Svetlana Xodchenkova, aktrisa, 180 sm


Teylor Svift, xonanda, 180 sm


Uma Turman, aktrisa, 180 sm


Bleyk Layvli, aktrisa, 178 sm


Diana, malika, 178 sm


Juliya Roberts, aktrisa, 178 sm


Irina Sheyk, model, 178 sm


Liv Tayler, aktrisa, 178 sm


Oksana Fyodorova, boshlovchi, 178 sm


Sharliz Teron, aktrisa, 177 sm


Viktoriya Lopireva, boshlovchi, 177 sm


Kayya Gerber, model, 175 sm


Keyt Middlton, gersoginya, 175 sm


Yuliya Visotskaya, aktrisa, 175 sm

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring