Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Politsiya akademiyasi»ning yulduzi Merion Remsi vafot etdi

«Politsiya akademiyasi»ning yulduzi Merion Remsi vafot etdi

Foto: «Warner Bros/Courtesy Everett Collection»

«Politsiya akademiyasi»ning mashhur aktrisasi Merion Remsi 73 yoshida Los-Anjelesda hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi «Variety».

Filmda uyatchan kursant Lavern Xuks rolini ijro etgan. O‘zining ingichka ovozi bilan tomoshabinlar yodida saqlanib qolgan. Aktrisa o‘limining sababi hozircha noma’lum, biroq oxirgi paytlarda tobi qochgani aytilmoqda.

Remsi «Politsiya akademiyasi»dagi o‘zining komediyali rolidan so‘ng shuhrat qozondi, uning birinchi qismi 1984-yilda, oxirgisi 1989-yilda chiqqan. Bundan tashqari, 1970-yillarda Brodvey musiqiy filmlarida, shuningdek, televizion loyihalarda suratga tushgan.

«Politsiya akademiyasi»dan so‘ng aktrisa televizion karerasini davom ettirdi: «Beverli-Xillz, 90210» va «Maxfiy agent Makgayver» seriallarida epizodik rollarni ijro etdi, shuningdek, «Addams oilasi» animatsion filmida Di Xollerga ovoz berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring