Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda is gazidan olti kishi zaharlandi

Jizzaxda is gazidan olti kishi zaharlandi

Foto: «Ozodlik»

2018-yil 20-noyabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi D.U. (ismli ayol) uyida qo‘lbola isitish pechiga ulangan tabiiy gazni yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida olti kishi zaharlandi.

Gaz o‘chib qolishi oqibatida undan sizib chiqqan is gazidan u egasining o‘zi, qizi va uyida mehmonda bo‘lgan 4 nafar qarindoshlari zaharlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ruxsat berilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring