Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Jizzaxda avtobus va yuk avtomashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 25-avgust kuni soat 14:32 larda, Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 «Termiz-Toshkent» avtomobil yo‘lining 965-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan M.R. «ZHONGTONG BUS LCK6127HGN» rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida ag‘darilgan. Ag‘darilish natijasida, ushbu avtomashina haydovchisi 41 yoshli X.A. va avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi 17 yoshli A.N.lar og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring