Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev «The Guardian»ning tanqidiga javob berdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev «The Guardian»ning tanqidiga javob berdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Britaniyaning «The Guardian» nashrida 2 aprel kuni chop etilgan «Ogohlantirishsiz ko‘chirib yuborilganlar: Toshkentdagi kutilmagan buzilishlar odamlar g‘azabini keltirmoqda» nomli maqolaga javoban xat yubordi. Hokimning xati «The Guardian»ning saytida e’lon qilindi.

Nashr maqolasida yozilishicha, Toshkentda uylarning buzilishi natijasida 10 mingga yaqin kishi uylaridan ko‘chirib yuborilgan. Yana 30 ming kishining uylari buzilish arafasida.

«2,4 mln aholi yashaydigan Toshkentda aksariyat buzilishlar shahar markazida — ko‘chmas mulk narxi eng qimmat bo‘lgan joylarda amalga oshirilmoqda. Mansabdorlar ko‘chmas mulk bo‘yicha kelishuvlar orqali boyish maqsadida odamlarni o‘z uylaridan chiqarib yuborishmoqda. Ular bu buzilishlarni yer «davlat ehtiyojlari» uchun kerak, degan sabab bilan oqlashmoqda», - deyilgan maqolada.

Bunga javoban Ortiqxo‘jayev «maqolani hayrat bilan va xafsalasi pir bo‘lib o‘qigan»ini yozgan.

Uning ta’kidlashicha, maqoladagi odamlar ogohlantirishsiz chiqarib yuborilayotganligi haqidagi fikr noto‘g‘ri. Barcha odamlar ogohlantirilgan. Shuningdek, aytilishicha, maqola muallifi shahar ma’muriyati bilan bog‘lanib, keltirilgan raqamlar haqqoniyligini tekshirib ko‘rmagan.

«Toshkentdagi har qanday buzilish o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Bu ko‘p qavatli uylar yomon ahvolda bo‘lgani sabab amalga oshirilmoqda. Aksariyat yuollarda bu tumanlardagi infratuzilma suv ta’minoti va kanalizatsiyaning butunlay qayta qurilishini talab etadi»,-deya qayd etadi poytaxt hokimi.

Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, binolar buzilishi u yerdagi aholini to‘liq ogohlantirish va ularga zararni qoplash ishlarisiz amalga oshirilishi mumkin emasligini ham ta’kidlab o‘tgan.

«Biz shahrimiz aholisining turmushini yaxshilash, turar-joy fondi sifati va xavfsizligini oshirishga harakat qilyapmiz. Barcha uy egalariga yaxshi sharoitli uylar taklif etilgan va hech qanday qonunlar buzilmagan»,-deb yozgan Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring