Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon banki O‘zbekistonga 500 millon dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 500 millon dollar ajratadi

Foto:«Gazeta.uz»

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk O‘zbekiston hukumati bilan Jahon banki o‘rtasidagi mamlakat qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan umumiy qiymati 500 million dollarlik qarz bitimini imzoladi.

Bu haqda «Platforma.uz» xabar berdi.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, JBning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, shuningdek, bank va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.

Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan tegishli ravishda 276 million va 224 million dollar miqdorida moliyalashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring