Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada 12 soatda 36 marta yer qimirladi

Italiyada 12 soatda 36 marta yer qimirladi

Foto: «Apa.az»

«Kp.ru» xabariga ko‘ra, Italiyaning Toskana viloyatida 12 soat mobaynida 36 marotaba yer silkinishi qayd etildi, bularning yarmidan ko‘pi 3 balldan yuqori magnitudaga ega bo‘lgan.

Yer osti silkinishlari 9-dekabr, dushanba kechasi boshlangan, odamlar tunni ko‘chada o‘tkazishga majbur bo‘lishgan.

Yer silkinishlari natijasida Florensiya — Bolonya yo‘nalishidagi poyezdlar harakatlanishi to‘xtatilgan, ba’zi binolarga shikast yetgan. «Tgcom24» telekanali xabariga ko‘ra, ayrim kommunalarda bolalar bog‘chalari va maktablar yopilgan. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.

Yer silkinishlarining eng kuchlisi 4,5 ballga teng bo‘lgan. Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti ma’lum qilishicha, yer osti silkinishlari o‘chog‘i 12 ming aholi yashovchi Skarperiya shahridan 4 kilometr shimolda, 9 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Albaniyada sodir bo‘lgan magnitudasi 6,4 balli zilzila oqibatida 20 dan ziyod inson halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring