Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park rezidentlari uchun tajribali mutaxassis vebinar o‘tkazadi

IT Park rezidentlari uchun tajribali mutaxassis vebinar o‘tkazadi

Bugun, 18-noyabr kuni IT Park rezidentlari uchun «How to successfully enter the US market. Review the breakthrough innovation of your company which will make you relevant on the market» mavzusida vebinar bo‘lib o‘tadi.

Vebinar AQSh, Yevropa, Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo bozorlarida ko‘p millionli daromad oqimini ta’minlovchi biznes, marketing va savdo strategiyasi sohasida uzoq yillik novatorlik faoliyatiga ega yuqori malakali rahbar, uning jamoasi, Eff Creative Group  raqamli va iste’mol mahsulotlarini yuritish ijodiy agentligi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Vebinarning maqsadi:

O‘zbekiston IT firmalarining vakolatlari va imkoniyatlarini tahlil qilish va Amerika bozoriga kirish.

Maykl Mayzels xorijiy kompaniyalari va ularning AQSh bozoridagi mahsulotlar va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha 15 yillik tajribaga ega mutaxassis. U mijozlarga o‘zlarining bozordagi individual ehtiyojlari, qobiliyatlari va mahalliy urf-odatlari asosida eng yaxshi yo‘nalishni aniqlash orqali AQSh va chet elda mahsulotlari va kompaniyalarini targ‘ib qilish va farqlashda yordam berishga ixtisoslashgan.

Maykl Mayzels haqida:

  • MYM International Consultants LLC prezidenti;
  • YevroOsiyo palatasi direktorlar kengashi a’zosi;
  • Shimoliy Yevropa, Yaponiya, barcha postsovet hududida aloqalar va mijozlar tarmog‘i;
  • New York (Investment) Angelsʼdan foydalanish imkoniyatiga ega;
  • CEO Smart.exe (software, web, applications, game development, programming, testing, graphic design, and video and audio production);
  • Bloomberg, The New York Times, The Wall Street Journal, Forbesʼga hamkor kompaniya orqali kirish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, rezident kompaniyalarning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida IT Park AQSh, Yevropa va Osiyo bozorlari uchun kompaniyalarni tayyorlash va chiqarishga ixtisoslashgan Amerika konsalting kompaniyasi bilan uchrashuv tashkil etadi.

Vebinar vaqti: 19: 00

O‘tkazish tili: ingliz tili

Vebinar faqat IT Park rezidentlari uchun!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd-6yBjGeIcUAUq0JIgIVgoXnmxmhjIrZITI-IFIGjDKq6cqA/viewform

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring