Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jaxongir Ortikxo‘jayev bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash mexanizmini qoniqarsiz deb baholadi

Jaxongir Ortikxo‘jayev bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash mexanizmini qoniqarsiz deb baholadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Kecha, 6-iyun kuni Toshkent shahar hokimligida 11 ta tuman prokurorlari, IIB rahbarlari va boshqarmalarning mutasaddi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jaxongir Ortikxo‘jayev olib bordi. Bu haqda «Xabar.uz»ga hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

2018 yilning 1 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlarida bo‘lib, joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kamchiliklar bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tgan edi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan yig‘ilishda poytaxtda amalga oshirilgan va olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Aynan bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan, nogiron va uy-joyga ehtiyoji katta bo‘lgan aholi qatlami bilan ishlash mexanizmi qoniqarsiz deb baholandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jaxongir Ortikxo‘jayev har bir rahbar o‘z masuliyatni xis qilgan holdi ish ko‘rishga, poytaxtimizning har bir tarmoq bo‘yicha rivojlanishida sidqidildan harakat qilishiga, aholining turmush darajasini oshirishda mas’ul ekanini ta’kidlab, bundan buyon bu boradagi ishlarni yuqori talabchalik va mas’uliyat bilan bajarishi talab etilishini bildirib o‘tdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi, tuman hokimlari va boshqa mas’ullar bu kabi kamchiliklarni tez fursatda bartaraf qilib, keyinchalik bunday pisandsizlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi. Hokimliklar byurokratik idora emas, xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazadigan, aholi manfaati yo‘lida harakat qiladigan muassasa bo‘lishi lozimligini qayd etib, xalqni rozi qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishlarini ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring