Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada to‘ylar kamaymoqda, sababi — iqtisodiy qiyinchilik...

Janubiy Koreyada to‘ylar kamaymoqda, sababi — iqtisodiy qiyinchilik...

Foto: «Sputnik Belarus»

O‘tgan 2018-yili Janubiy Koreyada so‘nggi 40 yilda eng kam nikohdan o‘tish qayd etildi. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar berdi.

Sababi shundaki, to‘y — juda serxarajat marosim, shu bois cho‘ntagi ko‘tarmaganlar uni o‘tkazmay qo‘ya qoladilar.

Mamlakat statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yili 257 622 kishi nikohdan o‘tdi — bu 244 780 kishi nikohdan o‘tgan 1972-yildan beri eng past ko‘rsatkich.

Va aksincha, mamlakatda ajrashishlar soni ko‘paymoqda: 2018-yili 108 684 kishi nikohini bekor qildirgan.

Qolaversa, mamlakatda nikohdan o‘tish o‘rtacha yoshi ham oshib borayotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring