Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram» dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

«Instagram» dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

Foto: «Smallbiztrends.com»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i ko‘p mamlakatlardagi foydalanuvchilarda, jumladan, O‘zbekiston hududida ham ochilmay qoldi. «DownDetector» ma’lumotlariga qaraganda, servisdagi muammolar mahalliy vaqt bilan taxminan soat 23:30 dan boshlab kuzatila boshlangan.

Ijtimoiy tarmoqning mobil ilovasi lentasi yangilanmayapti, veb-versiyasi esa mutlaqo ochilmayapti. Aksariyat foydalanuvchilar Yevropa va AQSh hududida ushbu servis ishlamayotganidan shikoyat qilishyapti. Foydalanuvchilar instagram-akkauntidagi so‘nggi postga javoban tvitter-akkaunt orqali ishlashda uzilishni ko‘rsatishmoqda.

Ijtimoiy tarmoq rahbariyati nosozlik sababini hozircha izohlagani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring