Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetida innovatsion laboratoriya ochildi

Inha universitetida innovatsion laboratoriya ochildi

Foto: inha.uz

Bugun, 11-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi.

Ushbu laboratoriyada universitet talaba va o‘qituvchilari respublikamizdagi xususiy va davlat kompaniyalari uchun blokcheyn, narsalar interneti, to‘ldirilgan reallik, mashina orqali o‘quv va kompyuter ko‘rish doirasi texnologiyalarini qo‘llagan holda, IT-yechimlar ishlanmalari va ularni sinovdan o‘tkazish ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Laborotoriyaning ochilish marosimida raqamli iqtisodiyotga o‘tish davrida bozor malakali IT-mutaxassislarga ulkan ehtiyoj sezishini, ilg‘or texnologiyalar yordamida aniq vazifalarga yechim topish Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga o‘z malakalarini oshirishlariga zamin yaratishiga e’tibor qaratildi.

SAP Next-Gen Lab  zarur texnik uskunalar, ya’ni kompyuterlar, 3D-printerlar, to‘ldirilgan reallik garnituralari bilan jihozlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring