Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida «Qirol Sejong instituti» ochildi

Toshkent shahrida «Qirol Sejong instituti» ochildi

Foto: Toshkent shahridagi Inha universiteti

30-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi «Toshkent shahridagi Qirol Sejong instituti» koreys tili markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda davlat tashkilotlari, kompaniyalar, vakolatxonalar va Koreya Respublikasi elchixonasining vakillari ishtirok etdilar, deya xabar bermoqda institut axborot xizmati.

Marosimda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori, Qirol Sejong institutining yangi filiali dekani Kim Jung Xo, shuningdek, Koreya Respublikasi ta’lim markazi rahbari Pan Chu Man o‘z tabrik so‘zlarini aytdilar.

Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida Qirol Sejong instituti ochilishining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xususan, an’anaviy koreys musiqiy asboblari ijrosi ostida sahna ko‘rinishlari, yelpig‘ichli raqs va zamonaviy K-POP yo‘nalishidagi raqs ijrolari namoyish etildi.

Qirol Sejong instituti – koreys tili va madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ta’lim loyihasidir. Institut koreys alifbosini ixtiro qilgan hukmron sulolaning to‘rtinchi qiroli sharafiga nomlangan.

Toshkent aholisi koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish, koreys tilini o‘zlashtirish va hatto koreys tili o‘qituvchisi bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Qirol Sejong instituti har bir kishi koreys tilini oson va tizimli o‘rganishi uchun standart o‘quv dasturi va talabalarni baholash tizimini taqdim etadi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Qirol Sejong institutining filiali Janubiy Koreyaning INHA universiteti va Koreya Sejong jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring