Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask odam shaklidagi robotni taqdim etdi

Ilon Mask odam shaklidagi robotni taqdim etdi

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask inson shaklidagi Optimus roboti prototipini taqdim etdi.

«Tesla’dagi sun’iy intellekt kuni» tadbirida robot sahnaga chiqib, zaldagi mehmonlar bilan salomlashdi va biroz raqsga tushdi. So‘ngra Mask robot gullarni sug‘orayotgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.

Tesla AI Day 2022 taqdimoti videosi The Verge nashrida chop etildi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, yangi namuna kompaniya ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan namunaga yaqin, ammo mukammalroq. Tesla rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir necha haftadan so‘ng Optimus mustaqil yura oladi.

«Menimcha, Optimus besh yoki o‘n yildan keyin aqlbovar qilmaydigan darajada bo‘ladi», deydi Ilon Mask

Robotning narxi 20 ming dollar atrofida baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring