Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita qo‘shni hududda yuzdan ortiq fuqaroda koronavirus aniqlandi

Ikkita qo‘shni hududda yuzdan ortiq fuqaroda koronavirus aniqlandi

2020-yil 9-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 (+279) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8691 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring