Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homilador ayollarga AQSh vizasi berilmasligi mumkin

Homilador ayollarga AQSh vizasi berilmasligi mumkin

Foto: «axios.com»

Oq uy AQShga farzand ko‘rish niyatida kelayotgan xorijlik ayollarga viza berish qoidasini qat’iylashtirishni rejalashtirmoqda. Chunki yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘z-o‘zidan Amerika fuqaroligini qabul qilishadi, deb xabar berdi «Axios» portali.

AQSh konstitutsiyasining 14-tuzatishi tug‘ilgan zahoti fuqarolikni ta’minlashni kafolatlaydi. Bu holatni Donald Tramp «ochiqchasiga kulguli» deb atadi.

«O‘zgarishlar milliy xavfsizlik masalalari hamda «tug‘ish sayyohligi» bilan bog‘liq huquqni qo‘llash xavflari, masalan, ushbu sohadagi jinoiy faoliyatni bartaraf etishga yordam beradi», — deydi nashrning Oq uydagi manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlik va xizmat safari tufayli qisqa fursatga AQShga borish huquqini beruvchi V tipidagi viza berish qoidasi o‘zgaradi.

Davlat departamenti xodimlari da’vogar mamlakatga farzandi uchun fuqarolikni olish niyatida chiqishni rejalashtiryapti, deb topsa, hujjat berishni rad etishi mumkin. Tramp ma’muriyatiga ko‘ra, viza beruvchi mutaxassislar bunday niyatni aniqlash uchun yetarlicha malakaga ega.

Prezident apparatiga yaqin markazning hisob-kitobiga ko‘ra, har yili AQSh hududida taxminan 33 mingta xorijiy chaqaloq dunyoga keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring