Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi qishloq qoplon hujumiga uchradi

Hindistondagi qishloq qoplon hujumiga uchradi

Foto: «Korrespondent.net»

Hindistonning Panjob shtati qishloqlaridan birida mahalliy aholi qoplon hujumiga uchradi.

Yuzlab odamlar qo‘rquvdan uylarning tomiga chiqib olishdi. Qoplon to‘rt kishini yerga yiqitib, ularni tishlab oldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Erkaklardan biri hayvonga tepadan to‘r tashlashga uringan, lekin qoplon devorga sakrab, odamni itarib yuborgan.

Mahalliy aholi qoplonni tosh otib ham qo‘rqita olmagan. Nihoyat uni uy ichida burchakka tiqib, trankvilizatordan o‘q otishgan. Unga uch bor o‘q uzib, uchinchi o‘q bilan uxlatishga muvaffaq bo‘lishgan.

Qoplon qafasga solinib, Chxatbirdagi hayvonot bog‘iga jo‘natilgan. Ma’lum qilinishicha, jonivorning taqdiri hal etilishidan avval u bir necha kun nazorat ostida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring