Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun cheklovlar o‘rnatildi

Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun cheklovlar o‘rnatildi

Foto: Xabar.uz

Tegishli tashlikotlar taklifini inobatga olgan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiyaning yangi shtammlarini yurtimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ayrim davlatlar bilan o‘zaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

  • Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to‘xtatish;
  • Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatish;
  • Toshkent-Istanbul yo‘nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring