Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston temir yo‘l yordamida koronavirusga qarshi kurashmoqchi

Hindiston temir yo‘l yordamida koronavirusga qarshi kurashmoqchi

Foto: «Travel4free.ru»

Hindistonning «Indian Railways» («Hind temir yo‘li») davlat kompaniyasi himoya kostyumlarini ishlab chiqarish orqali mamlakatga SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi kurashishga yordam beradi. Bu haqda temir yo‘l va savdo vaziri Piyush Goyyal «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlari uchun kiyim-bosh ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Avvalroq Goyyalning ma’lum qilishicha, eski poyezdlar bemorlar uchun harakatlanuvchi palatalarga o‘zgartiriladi. «Bemorlarga tezroq tuzalishi uchun toza, dezinfeksiyalangan va sog‘lom muhit hosil qilinadi», — deb ta’kidlagan u.

Jami 20 mingta vagonni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Ularning har birida bemorlar uchun 16 tadan joy, shifokor va hamshiralar hamda asbob-uskunalar saqlash uchun xona tashkil etiladi. Bunday poyezdlarda mamlakatning xohlagan joyiga borish mumkin.

«CNN» telekanalining ta’kidlashicha, Hindistonda yo‘lovchi tashuvchi temir yo‘l aloqasi 25-martdan 14-aprelgacha yopilgan. Bu so‘nggi 167 yilda ilk bor kuzatilmoqda. Shunga qaramay, temir yo‘l orqali yuk tashish davom etmoqda. Normal shart-sharoitda Hindiston temir yo‘llari orqali kuniga 20 mingdan ziyod yo‘lovchi harakatlanadi.

Ayni vaqtda Hindistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan 4288 kishi ro‘yxatga olingan, ulardan 117 nafari vafot etdi. Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha jami 1,2 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring