Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hillari Klinton ham Putinni Pyotr Birinchi bilan solishtirdi

Hillari Klinton ham Putinni Pyotr Birinchi bilan solishtirdi

Foto: BBC

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton «France Culture» bilan suhbatda hozir Ukraina va Rossiya muzokaralarining mavridi emasligini ta’kidladi. Ayni vaziyatda Rossiyaning «mag‘lubiyati»gina yakuniy muvaffaqiyatni ta’minlaydi, dedi u.

Klinton xonim G‘arb yetakchilariga jangovar harakatlar bas qilinganidan so‘ng vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish imkoni qolishi uchun Rossiyani «pastga urish kerakmas»ligini uqtirgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tanqid qildi. Makronning pozitsiyasi «eskirdi», Vladimir Putin esa allaqachon qizil chiziqni kesib o‘tgan, dedi siyosatchi.

Hillari Klinton intervyu davomida Putinni Shvetsiya hamda Boltiq mamlakatlari bilan uzoq urush olib borgan Pyotr Birinchi bilan solishtirdi.

Yosh tadbirkorlar va kashshoflar bilan uchrashuvda Vladimir Putin ham o‘zini imperator Pyotr Birinchiga tenglashtirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring