Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasiga bosim bo‘layotgani haqida ma’lum qildi

Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasiga bosim bo‘layotgani haqida ma’lum qildi

O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi, Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov «Instagram» tarmog‘idagi sahifasida onasiga bosim bo‘layotgani va uning shifokorga ko‘rinishi uchun ruxsat berilmayotganini ma’lum qilgan.

«Gazeta.uz»ning Bosh prokuratura matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, Karimovaga nisbatan hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q. Uning shifokorga ko‘rinishiga ham to‘siqlar yo‘q.

Gulnora Karimovaga 2015-yil avgustida besh yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangandi.

Avvalroq, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasi bilan tushgan suratini ommaga taqdim etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring