Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» uch millioninchi avtomobili egasini qutladi

«GM Uzbekistan» uch millioninchi avtomobili egasini qutladi

«GM Uzbekistan» AJda ishlab chiqarilgan uch millionchi avtomobil o‘z egasiga topshirildi. Yubiley avtomobilining baxtli sohibi Shamsiddinxo‘ja Tillaxo‘jayev bo‘ldi, u «Nexia-3» avtomobilini xarid qildi.

Tantanali ravishda xaridor maxsus bayram sertifikati va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Unga «LUX AUTO MOTORS» avtosalonidan plazmali televizor sovg‘a qilindi.

Kompaniyaning eslatishicha, 2008-yilda «GM Uzbekistan» konveyeridan chiqqan millionchi avtomobil ham, 2013-yilda ikki millionchi avtomobil ham «Chevrolet Lacetti» bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring