Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya tank va harbiylarini Rossiya chegarasiga jo‘natadi

Fransiya tank va harbiylarini Rossiya chegarasiga jo‘natadi

Foto: «Reuters»

Fransiya 4 ta tank, 25 ta jangovar mashina va 300 nafar harbiylarini Estoniya hamda Rossiya chegarasiga yuboradi. Bu haqida Fransiyaning Estoniyadagi elchixonasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Ushbu qaror NATOning Boltiqbo‘yi va Polshadagi bazalarini kuchaytirish doirasida amalga oshirilmoqda. Fransiya harbiylari 23 aprelda Estoniyaga yetib keladi va 2019 yilning avgustiga qadar mamlakat xududida qoladi.

Harbiylar Rossiya chegarasidan 140 kilometr uzoqlikdagi Tapa shahrida joylashadi. Diviziya tarkibida Fransiya armiyasining ikkinchi brigadasi va Xorijiy legionning yollanma asarlari bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, harbiylar temir yo‘l orqali xizmat joyiga yetib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring