Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Firdavs Abduxoliqov o‘rniga Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA raisi etib saylandi

Firdavs Abduxoliqov o‘rniga Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA raisi etib saylandi

Foto: «Uzreport TV»

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) a’zolarining umumiy yig‘ilishida assotsiatsiya boshqaruvi raisi etib Sherzodxon Qudratxo‘ja saylandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining  avvalgi raisi Firdavs Abduxoliqov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan bo‘shagan.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja avvalgi vazifasini ham bajarishda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring