Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada odam go‘shti sotilayotgani haqidagi gaplarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Farg‘onada odam go‘shti sotilayotgani haqidagi gaplarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi

Foto: «uznews.uz»

Ikki-uch kundan buyon farg‘onalik H.Rahimovning arizasi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Unda shahar markazidagi «Dehqon bozori»da savdo yurituvchi 50 nafar qassob qabristondan odam go‘shtini olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotganligi aytilgan.

«Daryo»ning xabar qilishicha, Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha ma’lumot berdi. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda H.Rahimov Farg‘ona shahri, Sohil ko‘chasi, 237-uyda yolg‘iz o‘zi yashashi, ruhiy jihatdan muomalaga layoqatsizligi, ruhiy kasalliklar shifoxonasida doimiy ro‘yxatda turishi, bir necha marotaba yo‘llagan shunday mazmundagi murojaatlari o‘z tasdig‘ini topmay, asossiz va yolg‘on bo‘lib chiqqanligi aniqlangan.

Farg‘ona viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’lumotnomasiga ko‘ra, 1940-yilda tug‘ilgan H.Rahimov 1985-yildan buyon dispanser nazoratida turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring