Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Nexia» «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashdi. To‘rt yo‘lovchi halok bo‘lgan

Farg‘onada «Nexia» «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashdi. To‘rt yo‘lovchi halok bo‘lgan

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning 26 dekabr kuni soat 19-30 larda, Farg‘ona viloyatida dahshatli YTH bo‘lib o‘tdi.

Oltiariq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-112 «Farg‘ona xalqa» avtomobil yo‘lining 241-km.da, haydovchi — Rishton tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan I.B. «Neksiya» rusumli avtomobilini boshqarayotib halokatga sababchi bo‘lgan. U avtomobilni o‘z vaqtida to‘xtata olmagan va orqaga qayrilish maqsadida to‘xtab turgan «Neksiya» rusumli avtomobilning orqa tomoniga borib urilgan. Ushbu avtomobilni haydovchi Rishton tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Yu.M. boshqarib turgan edi.

Natijada haydovchi Yu.M boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan, haydovchi Rishton tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, Yu.M. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobilining to‘rt nafar yo‘lovchilari kasalxonada vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring