Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ligasi: «Bayer»ni yenggan «Inter» birinchi yarimfinalchiga aylandi

Yevropa ligasi: «Bayer»ni yenggan «Inter» birinchi yarimfinalchiga aylandi

Foto: «Reuters»

Yevropa ligasi 2019/2020-yigi mavsumi chorak finalida «Inter» «Bayer»ni yengdi.

O‘yindagi barcha gollar birinchi taymda kiritildi. Italiyaliklar safida Nikolo Barella va Romelu Lukaku o‘zlarini ko‘rsatishdi. Nemislar Kay Xavertsning bitta goli bilan javob bera olishdi, xolos.

Lukaku turnirda ketma-ket 9 o‘yinda gol urib, Yevropa ligasi o‘yinlaridagi yangi rekordni o‘rnatdi.

E’tiborli jihat: hakam «Inter» darvozasi tomon belgilangan ikkita penaltini bekor qildi.

Milanliklar Yevropa ligasining ilk yarimfinalchisiga aylanishdi, ular «Shaxtyor» — «Bazel» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashishadi.

«Biz Yevropa ligasida oxirigacha kurashamiz», — dedi «Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte g‘alabadan keyin bergan intervyusida.

Yevropa ligasi. Pley-off. Chorak final

«Inter» (Milan) — «Bayer» (Leverkuzen) — 2:1

Gollar: Barella (15), Lukaku (21) — Xaverts (24).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring