Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Inter» 20-marta Italiya chempioni bo‘ldi

«Inter» 20-marta Italiya chempioni bo‘ldi

Foto: SuperSport

Italiyada bo‘lib o‘tgan Milan derbisi mamlakatning yangi chempionini aniqlab berdi. Nominal mehmon maqomidagi «Internatsionale» mavsumning o‘ta muhim va prinsipial o‘yinida azaliy raqibi — «Milan»ni dog‘da qoldirib, muddatidan avval chempion bo‘ldi. Franchesko Acherbi (18) va Markus Tyuram (49)ning gollariga rossonerilar 80-daqiqada bitta gol (Fikayo Tomori) bilan javob qaytara olishdi.

E’tiborli jihati, qatorasiga oltinchi derbida «Milan» «Inter»ga imkoniyatni boy berdi. A seriyadagi chempionliklar bo‘yicha ham «Inter» (20 marta) «Milan» (19 marta)dan o‘zib ketdi. A seriya tarixidagi yaqqol peshqadam — «Yuventus» 36 marta chempion bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring