Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronlik namoyishchilar o‘limga hukm qilindi

Eronlik namoyishchilar o‘limga hukm qilindi

Eronda sud politsiya o‘rinbosarini o‘ldirishda ayblangan bir necha namoyishchilarni o‘limga hukm qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud Karajdagi Ruholloh Adamianning o‘limi bilan bog‘liq besh namoyishchiga o‘lim hukmini chiqargan. Shu bilan birga, hukmlar ustidan shikoyat qilish mumkinligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, politsiya mitinglar davomida yana 11 kishini, jumladan, uch nafar bolani hibsga olgan. Ular milliy xavfsizlikni buzishda ayblangan, buning uchun ularga uzoq muddat qamoq jazosi tayinlangan.

Britaniyaning Xalqaro Amnistiya tashkiloti ham namoyishlarda qatnashgani uchun hibsga olinganlarning kamida 28 kishi qatl etilishi xavfi bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Hukumat namoyishchilarga achinishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) vakillari namoyishchilarni «millat va Islom xavfsizligiga qarshi jinoyatlarda» aybladi.

Eronda norozilik namoyishlari sentyabr oyida politsiya o‘rinbosari tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgan 22 yoshli Mahsa Amini o‘limidan so‘ng boshlangan. Mahsaning oilasi uning o‘limiga politsiya xodimlarining kaltaklashi sabab bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring