Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov tuman hokimi o‘rinbosarlariga avtomashina topshirdi

Erkinjon Turdimov tuman hokimi o‘rinbosarlariga avtomashina topshirdi

Foto: «Uza.uz»

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi sohalari ilg‘orlari, viloyat, tuman, shahar sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, deb xabar berdi «O‘zA».

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrigini Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov o‘qib eshittirdi.

Foto: «Uza.uz»

Shundan so‘ng davlatimiz rahbarining 2018 yil 8 dekabrda qabul qilingan «Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlangan besh nafar samarqandlik soha xodimlariga davlat mukofotlari tantanali topshirildi.

Marosimda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi vakillaridan bir guruhiga «Qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni, respublika suv xo‘jaligi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari berildi.

Foto: «Uza.uz»

Tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga esa yangi xizmat mashinalari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring