Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkin Vohidovning «Muhabbatnoma»siga olingan «Volga»

Erkin Vohidovning «Muhabbatnoma»siga olingan «Volga»

Foto: «Zarnews»

Marg‘ilon shahrida yaqinda bunyod etilgan Ijodkorlar bog‘ida tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov muzeyida 400 ga yaqin eksponatlar bor. Bu haqida «Zarnews» xabar berib o‘tdi.

Jumladan, shoirning bolaligi, yoshligi aks etgan tarixiy suratlar, hayoti davomida foydalanilgan buyumlar, vodiy ijodiy muhitiga oid ma’lumotlar va asarlar o‘rin olgan.

Shuningdek, muzeyda shoirning doimiy hamrohi bo‘lgan shaxmat taxtasi mavjud.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning «Muhabbatnoma» asari qalam haqiga olingan «Volga» mashinasi ham ayni paytda muzeyga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring