Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Erdo‘g‘an borimni tortib oldi». Turkiya futboli afsonasi AQShda kirakashlik qilmoqda

«Erdo‘g‘an borimni tortib oldi». Turkiya futboli afsonasi AQShda kirakashlik qilmoqda

Foto: syl.ru

Turkiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (51ta gol) Hoqon Shukur nima uchun AQShga ketganini aytib berdi.

Hoqon Shukur 2015 yili Kaliforniyaga ko‘chib o‘tdi, so‘ng xotini va bolalarini ko‘chirib bordi. U ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘anni haqorat qilganlikda ayblangan, keyinchalik davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgan vaqtda uni ham hibsga olish uchun order berilgan. Ayni paytda u Vashingtonda Uber taksi haydovchisi sifatida ishlaydi va kitob sotish bilan shug‘ullanadi.

Foto: 1k.com.ua

«Menda hech narsa yo‘q. Erdo‘g‘an mendan hamma narsani oldi: erkinligim, fikr bildirish, so‘z erkinligi, mehnat qilish huquqimni.

Mening mashhurligimdan foydalanish uchun 2011 yilda partiyaga taklif qilishdi. 2013 yilda men partiyani tark etdim (korrupsiya mojarolari fonida). Shundan so‘ng, sinovlar boshlandi: xotinimning do‘koni toshbo‘ron qilindi, bolalarimga ko‘chada tajovuz qilindi. Har bir fikrimdan keyin menga tahdid qilishdi.

Ketganimda, ular otamni ushlab olishdi. Va ular mening barcha mol-mulkimni tortib olishdi. Hozir hammasi juda murakkab. Men bilan aloqador har bir kishi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda», deydi sobiq futbol yulduzi.

Shukurning otasi hibsga olingandi, ammo unda saraton xastaligi borligi ma’lum bo‘lgach, u uy qamog‘iga o‘tkazilgan. Futbolchining onasi ham saraton bilan og‘rigan.

Hoqon Shukur o‘z vaqtida Turkiyaning «Galatasaroy» va boshqa jamoalarida, Italiyaning «Inter» va «Parma» jamoalarida to‘p surgan. Turkiya termasi tarkibida JCh-2002da yorqin o‘yinlar namoyish etib, bronza medalini qo‘lga kiritganini ko‘pchilik eslasa kerak. O‘shanda uchunchi o‘rin uchun kechgan bahsda u JCh tarixidagi eng tezkor gol muallifi bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring